Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Aholining imkoniyati cheklangan qatlami uchun ishga joylashuv

Agar siz quyidagi toifadagi hamyurtlarimizdan bo‘lsangiz, davlatimiz sizning ishga joylashuviningiz borasida qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish qidirishda qiynalayotgan va mehnat bozorida sog‘lom raqobatga kirisha olmaydigan, shuningdek, yolg‘iz ota-onalar, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari va ko‘p bolali ota-onalar, nogiron bolalarning ota-onalari;
  • umumta’lim muassasalari va boshqa ta’lim dargohlarini tamomlagan yoshlar;
  • xizmatdan ozod etilgan harbiy xizmatchilar, Ichki ishlar xodimlari, chegara qo‘shinlari va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari;
  • nogironlar, nafaqa yoshidagi fuqarolar;
  • jazoni o‘tash maskanlaridan ozod etilganlar, sud qarori bo‘yicha majburiy xizmatga jalb qilinganlar.

Mazkur kafolatlar qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish va maxsus tashkilotlar, shuningdek, nogironlar uchun tashkilotlar, ta’lim berishga mo‘ljallangan maxsus dasturlarin amalga oshirish va boshqa chora-tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Ish qidirishda muammolarga duch kelgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoki yuqorida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarga bandlikka ko‘maklashish maqsadida korxona-tashkilotlarda minimal ish o‘rinlarini yaratish belgilab qo‘yiladi.

Mazkur bo‘limda aholining ijtimoiy cheklangan qatlamining ishga joylashuviga oid interaktiv va axborot xizmatlari, shuningdek, ochiq ma’lumotlar joylashtirilgan.