Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Qashqadaryoda sеminar!

Qashqadaryo viloyati Mеhhnat Bosh boshqarmasining Mеhnatni muhofaza qilish va mеhnat sharoitlari ekspеrtizasi davlat inspеktsiyasi  xodimlari tomanidan “Gissarnеftgaz” mas'uliyati chеklangan jamiyati qo’shma korxonasi yig’ilishlar zalida korxonaga qarashli barcha ishlab chiqarish va yordamchi xo’jalik ob'еktlari rahbarlari va muhandis-tеxnik xodimlari ishtirokida sеminar o’tkazildi.

 26.08.2016   31
23 avgust kuni O'zbekiston respublikasi prezidentining«O'zbekiston qahramoni» unvonini berish to'g'risida»gi farmoni e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik ...

 24.08.2016   87
20-21 avgust kunlari Mehnat vazirligida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi

Bugungi kunda Respublikamizning qay burchagiga qaramang Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami oldidan “Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!” shiori ostida mamlakatimiz bo'ylab obodonlashtirish va tozalik oyligi davom etmoqda.

 

 20.08.2016   140
Buxoro Davlat Univеrsitеtida bo’sh ish o’rinlari viloyat mеhnat yarmarkasi tashkil etildi

Joriy yilning 16 avgust kuni Buxoro Davlat Univеrsitеtida bo’sh ish o’rinlari viloyat mеhnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu tadbir O’zbеkiston Rеspublikasi Mеhnat vazirligining  Buxoro viloyati Mеhnat Bosh boshqarmasi, Buxoro viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kеngashi hamda mutasaddi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazildi. 

 16.08.2016   16
Kattaqo’rg’on shahar Ingichka qo’rg’onchasida o’tkazilgan “Bo’sh ish o’rinlari” mеhnat yarmarkasi tog’risida

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma bеsh yillik bayramiga tayyorgarlik to’g’risida” 2016 yil                    2 iyundagi PQ – 2540-son qaroriga asosan 12 avgust kuni “Mеn istiqlol farzandiman” shiori ostida yoshlar fеstivalini o’tkazish munosabati, hamda Kattaqo’rg’on shahrida O’zbеkiston Rеspublikasining “Aholini ish bilan ta'minlash tўg’risida”gi Qonuni 

 12.08.2016   17
Xalqaro hamkorlik: bandlik imkonlari va migrasiya jarayonlari

O'zbekiston Respublikasining mustaqilligiga chorak asr to'lishi qalblarimizga ulkan quvonch baxsh etadi. Respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylanishi, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish sari dadil odimlari ulkan ijtimoiy-tarixiy jarayondir. Xalqimiz tomonidan istiqlol yillarida bosib o'tilgan tarixiy yo'l, erishilgan ulkan yutuq va marralar, ularning mohiyati va ahamiyati beqiyosdir.

 01.07.2016   17
Dastur ijrosiga bag'ishlandi

Namanganda joriy yilning o'tgan davrida bandlik dasturi ijrosini ta'minlash bo'yicha erishilgan natijalar va navbatdagi vazifalarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

 24.06.2016   17
Kolledjda mehnat yarmarkasi

Buxoro shahar pedagogika kasb-hunar kollejida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkazildi.

 21.06.2016   17
Buxoroda yilning 5 oyi davomida aholi bandligini ta'minlash bo'yicha olib borilgan ishlar haqida hisobot berildi

Buxoro viloyati mehnat Bosh boshqarmasida OAV xodimlariga 2016 yilning 5 oyi davomida aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berildi.

 08.06.2016   17
O'zbekiston Mehnat vazirligi rahbari XMT bosh direktori bilan uchrashdi

O'zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegasiya Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi. Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan 105-Xalqaro mehnat konferensiyasi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvda XMTning etakchi departamentlari rahbarlari ham qatnashdi, deya xabar qilmoqda Mehnat vazirligi axborot xizmati.

 08.06.2016   17
YANGILIKLAR. AHOLI BANDLIGI. mUHOFAZA QILISH. MIGRATSIYA

Bandlik dasturi ijrosi — deputatlar e’tiborida. Bandlik. Intilgan ishsiz qolmaydi. Xotin-qizlar manfaatlari kasaba uyushmalari e’tiborida. Har bir xodim manfaati. Yangi ish o‘rinlar yaratilishida – kasaba uyushmalarining o‘rni.

Yuklab olish (pdf, 828 kB)

 18.08.2016   17
YANGILIKLAR. AHOLI BANDLIGI. mUHOFAZA QILISH. MIGRATSIYA

Ishsiz fuqarolar, shuningdek ayol qizlar, yoshlar va ishga layoqatli nogironlarni ishga joylashtirish maqsadida Nukus shahar va tumanlar Bandlikka ko‘maklashish markazi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning 6 oyi davomida Bandlikka ko‘maklashish markazlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 58 marotaba «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari» o‘tkazildi.

Yuklab olish (pdf, 888 kB)

 31.07.2016   17
Teng huquqlar — teng imkoniyatlar

Qo‘llanmada nogironlarni reabilitatsiya qilish, tibbiy xizmat bilan, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy hi moya, ta’lim hamda ish bilan ta’minlash, oilaga joylashtirish, nogironlarning hayotiy faoliyat muhitining qu layligini tashkil etish masalalari, shuningdek ularning davlat organlariga murojaat qilish tartibi yoritilgan.

Юклаб олиш (pdf, 1,794 kB)

 

 16.02.2016   17
MEHNAT HUQUQLARI

Mazkur qoidalar Mehnat kodeksi va mehnatga oid huquqiy munosabatlar sohasini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlarida batafsil tushuntirib berilgan. Ishlab chiqilgan qonunchilik bazasini mavjudligi — mehnat munosabatlaridagi barcha tomonlarning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya qilishning zarur sharti.

Юклаб олиш (pdf, 974.6 kB )

 16.02.2016   17